TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Yaponiya tomonining Kuril orollari masalasini hal qilishga oid navbatdagi bayonotlari bu mamlakat bilan tinchlik shartnomasini tuzishdan uzoqlashtiradi, xolos. Bunga rossiyalik senator Frans Klinsevichning ishonchi komil.
Ilgariroq Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Kadzuo Sii Tokio barcha Kuril orollariga egalik qilish huquqiga ekanini ma’lum qilgandi. Shuning uchun San-Fransiskoda imzolangan tinchlik shartnomasini adolatli deb bo‘lmaydi.
“Yaponiya Kommunistik partiyasi raisi Kadzuo Sii bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik kerak. U, fikrimcha, avvalo partiya reytingini mamlakat ichida ko‘tarish maqsadida aytilgan”, - deya ma’lum qildi Klinsevich RIA Novostiga.
U Rossiyada Kuril mamlakatning ajralmas qismi ekaniga shubha yo‘qligini qo‘shimcha qilgan, bu mavzuda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish o‘rinsiz.
O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi deputati Dmitriy Novikov Tokioning ayrim masalalar bo‘yicha pozitsiyasi va kollektiv xavfsizligi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning buzilishini hisobga olgan holda bu mavzuga qaytishning ma’nosi yo‘qligini aytdi.
“Bu munozaraga qaytishning hach qanday ma’nosi yo‘q. Ikkinchi jahon urishi yakunlashini bilan ko‘rib chiqilgan barcha masalalar kelajak uchun kollektiv xavfsizlik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Insonlar nafaqat o‘tmishga tayanishgan, hech kimdan qasos olishmoqchi bo‘lishmagan, balki yangi tahdidlardan himoya qiladigan shunday xalqaro munosabatlar tizimini qurishmoqchi bo‘lishgan. Kelishuvlarning bir qismi buzilganda Yaponiya hududida hozirgacha tugatilmagan amerika bazalari paydo bo‘ldi. Bu umuman bu masala to‘g‘risidagi suhbatning har qanday ma’nosidan mahrum qiladi”, - dedi parlamentariy RIA Novosti bilan suhbatda.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasida bu borasida tinchlik shartnomasini tuzish ko‘p yillardan buyon davom etib keladi. Buni tezlashtirishga Vladimir Putin va Yaponiya bosh vazirining 2018-yildagi uchrashuvi navbatdagi turtkini berishi kerak edi. O‘shanda rasmiy Tokio imzolash jarayonini tezlashtirish istagini bildirdi, lekin mamlakatlar haligacha o‘zaro qabul qilinadigan qarorga kelishmagan.