Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Yaponiyaga boradi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 2019-yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

V Tashkente postroyat noviy texnopark v sotrudnichestve s Yaponskim gorodom Nagoya - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya bilan hamkorlikda Toshkentda texnopark tashkil qilinadi

Xabarda aytilishicha, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, Parlamentning Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo, Parlamentning Vakillar palatasi spikeri Tadamori Osima, Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qiladilar, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaoka, yetakchi sanoat va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan. Mamlakatlar ishbilarmonlik doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Yaponiya kompaniyalari vakillarini O‘zbekistondagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga o‘zaro manfaatli shartlarda jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Uzbekistan i Yaponiya obsudili vozmojnost vipuska novix avto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi

Davlat rahbari Yaponiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biri – Nagoya shahriga tashrif buyurib, shaharlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qilish uchun Aichi prefekturasi gubernatori Xideaki Omura, shahar meri Takasi Kavamura, Nagoya universiteti rektori Seyichi Matsuo bilan uchrashadi.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0