O‘zbekiston va Yaponiya yangi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi

© Ministerstvo investitsiyUzbekistan i Yaponiya obsudili vozmojnost vipuska novix avto
Uzbekistan i Yaponiya obsudili vozmojnost vipuska novix avto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Yaponiya tarafi avtomobilsozlik mahsulotlarining yangi segmentlarini o‘zlashtirish taklifini qiziqish bilan qabul qilgan.

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Yaponiyaning “Itochu” kompaniyasi O‘zbekiston bilan yangi avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida "Mitsubishi Corporation", "Marubeni Corporation" va "Itochu Corporation" kabi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sborka i vipusk gruzovikov Hyundai na predpriyatii Avtotor - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai O‘zbekistonda qachon avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi?

Ta’kidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan ichki bozor ehtiyojlarini qondirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish darajasini ko‘tarish hisobiga, O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kuchaytirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

“Shuningdek, Yaponiya tarafi avtomobilsozlik mahsulotlarining yangi segmentlarini o‘zlashtirish taklifini qiziqish bilan qabul qildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va kompaniyalarning O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0