Eron Fors ko‘rfazidan O‘zbekistonga tranzit koridor ochib berishga tayyor

© IRNAMinistr promishlennosti rudnikov i torgovli Irana Reza Raxmani
Ministr promishlennosti  rudnikov i torgovli Irana Reza Raxmani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron Fors ko‘rfazi va O‘zbekiston orasida tovar va mahsulotlar harakatlanishi uchun tranzit koridor ochib berishga tayyor.  

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Kecha Toshkentdagi  “International Hotel Tashkent” mexmonxonasida O‘zbekiston - Eron biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Sarmoyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Eron Sanoat, shaxtalar va savdo vaziri Reza Raxmani bilan uchrashdi.

Mexrdad Amani — glavniy ispolnitelniy direktor Export Development and Technology Transfer Fund (Fond razvitiya eksporta i peredachi texnologiy) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasi kelishi rejalashtirilgan – Amani

Uchrashuv davomida Eron tomon O‘zbekiston bilan munosabatlarga aolhida e’tibor berayotganini, hamda ikki tomonlama savdo hamkorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga tayyor ekanini xabar qildi. Shu jumladan Eron Fors ko‘rfazi davlatlari va O‘zbekiston orasida tovarlar hech qanday cheklovsiz harakatlanishi uchun yo‘l ochib berishga tayyorligini xabar qildi. 

“Eron Shimoliy Afrika va Fors ko‘rfazidan mahsulotlarni hech qanday cheklovsiz O‘zbekistonga olib kelish uchun tranzit koridor yaratishga tayyor”, - dedi Eron vaziri.

Eslatib o‘tamiz,  2018 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 306,5 million dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Eron sarmoyadorlari ishtirokida 120 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 15 tasi 100% Eron kapitali ishtirokida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0