O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasi kelishi rejalashtirilgan – Amani

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMexrdad Amani — glavniy ispolnitelniy direktor Export Development and Technology Transfer Fund (Fond razvitiya eksporta i peredachi texnologiy)
Mexrdad Amani — glavniy ispolnitelniy direktor Export Development and Technology Transfer Fund (Fond razvitiya eksporta i peredachi texnologiy) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma ochildi. Tadbirda Eron korxonalari va tadbirkorlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Bugun Toshkentda Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma ochildi. Tadbirda Eron korxonalari va tadbirkorlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Podsolnechnoe maslo iz Irana - Sputnik O‘zbekiston
Eron kompaniyalari Toshkentda o‘z mahsulotlarini namoyish qildi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri Eron ishbilarmonlardan biri - “Export development and technology transfer fund” bosh direktori Mehrdad Amani bilan suhbatlashdi.

“Eronda ilm-fan juda rivojlangan. Eronlik tadbirkorlar bu yo‘nalishda O‘zbekistonda har tomonlama rivojlantirish tarafdori. Bu yerga kelgan kompaniyalar asosan kimyo, kon sanoat, hi-tech, qishloq xo‘jalik, IT sohalarda hamkorlik qilishga qiziqishi katta”, - deb ta’kidladi Amani.

Eronlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Eron O‘zbekistondan loviya, bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib oladi. Fan-texnika sohalarini O‘zbekistonga eksport qiladi, “hi-tech” sohasida tajriba almashishga yordam beradi.

“Innovatsiya vazirligi bilan shu sohada hamkorlik bayonnomasini imzolandi. O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasini olib kelish rejalashtirilgan. "hi-tech", qishloq xo‘jaligi, biologiya, neft-gaz sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma korxonalar tuzish va kelajakda O‘zbekistonni shu narsalarni eksport qilishga harakat qilamiz”, - deb qo‘shimcha qildi xorijlik tadbirkor.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Furqat Rahimov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida aytgan ma’lumotiga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi shu yilda 340 million dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0