"Tolibon" Tojikiston chegarasi yaqinidagi afg‘on uyezdini shturm qilmoqda

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon” harakati jangrilari shu kun kechasi Nusay uyezdi hududidan Shignan uyezdi Hurkat qishlog‘iga hujum qildi va uning katta qismini bosim oldi.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. “Tolibon”* harakati jangarilari Tojikiston bilan chegaradagi afg‘on Badaxshon viloyati Shignan uyezdini shturm qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” uyezd rahbari muovini Nusayya Abdulg‘afor Gardishga asosan xabar qildi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” harakati dunyoda eng xavfli terrorchilik guruhi deb topildi

“Terrorchilar shu kun kechasi Nusay uyezdi hududidan Shignan uyezdi Hurkat qishlog‘iga hujum qildi va uning katta qismini bosim oldi. Hozirgi toliblar va mahalliy mudofaa kuchlari o‘rtasida jang davom etmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Gardish. 

O‘tgan kun kechasi Afg‘oniston havo kuchlari Nusay okrugi hududidagi Luaja yaqinida joylashgan ekstremistlar guruhiga zarba berdi.

"Havo hujumi natijasida 12 jangari yo‘q qilindi, ular orasida Badaxshon viloyatidagi Tolibon yetakchilaridan biri Kari Samiullah, yana yetti jangari yaralangan", - deyiladi xabarda.

Nusay uyezdi toliblar tomonidan noyabr oyining boshlarida bosib olingan. Gardishning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda uning hududining 80 foizi terrorchilar tomonidan nazorat qilinadi, faqat okrug markazi hukumat kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0