Rossiyada o‘zbekiston fuqarosi o‘rmon kesishda ayblanmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishBenzopila
Benzopila - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘rmon xo‘jaligiga 400 million rubl zarar yetkazgan jinoiy guruh a’zolari 12-yilga qamalishi mumkin.

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Tomsk viloyatida bir guruh fuqarolar noqonuniy o‘rmon kesganliklari uchun katta summaga jarimaga tortildi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Toshkentda daraxt kesish uchun internet orqali ruxsat olish mumkin bo‘ldi

Tomsk viloyatida yashovchi 4 nafar Rossiya fuqarolari hamda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi Verxneket o‘rmon xo‘jaligida noqonuniy o‘rmon kesishda ayblanmoqda. Ushbu ish o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘ining qalbaki ruxsatnomasi asosida amalga oshirilgan. Noqonuniy kesilgan daraxtlar O‘zbekiston Reyespublikasiga yuborilgan. Jinoiy gurh faoliyati oqibatida Rossiya o‘rmon xo‘jaligiga 400 million rubllik zarar yetkazilgan, - deyilgan xabarda.

Guruhning barcha a’zolari qo‘lga olingan. Gurhga nisbatan Rossiya JKning “Strategik muhim resurslarni kontrabanda qilish” bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Ushbu moddaga binoan ayblanuvchilarga 12-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0