Toshkentda daraxt kesish uchun internet orqali ruxsat olish mumkin bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yangi xizmat turi hozircha faqat Toshkent hududida o‘rmon fondiga kirmagan daraxtlar uchun amal qiladi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda daraxt va butalarni kesish uchun elektron ariza berish imkoni paydo bo‘ldi. Davlat Xizmatlari yagona portali xabariga ko‘ra, bu faqat o‘rmon fonliga kirmaydigan o‘simliklarga taaluqli.

Ushbu xizmat to‘lov evaziga amalga oshiriladi. To‘lov qiymati daraxt turi va uning tanasining qalinligiga bog‘liq. 80% dan ortiq qismi qurigan daraxtlar bepul kesiladi.

To‘lov miqdori Vazirlar Mahkamasining 2014-yilgi 20-oktabrdaga 290-sonli qaroriga binoan belgilanadi. Berilgan arizalarni ko‘rib chiqish muddati — 15 kun. Yangi xizmat turi hozircha faqat Toshkent shahrida amal qiladi.

Shu bilan bir vaqtda, Toshkent aholisi daraxtlar kesilishidan bezovta bo‘lmoqda. Fuqarolar Toshkentda ko‘p yillik daraxtlar kesilishini to‘xtatishni so‘rab Vazirlar Mahkamasiga bir necha bor murojaat qilishgan edi.

Internetda ham "Toshkentda daraxtlarni yovvoyilarcha kesishga qarshi"  petitsiyasi to‘rt mingga yaqin ovoz to‘plagan.

 

Yangiliklar lentasi
0