Turkiya AQSh uchun Injirlik aviabazasini yopish bilan tahdid qildi

© AFP 2023 / TARIK TINAZAYAmerikanskiy F-16 nad tureskoy aviabazoy Indjirlik.
Amerikanskiy F-16 nad tureskoy aviabazoy Indjirlik. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qolaversa, Chavusho‘g‘li Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan.

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Agar Vashington Anqaraga qarshi Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ni xarid qilganligi tufayli sanksiya joriy etsa, Turkiya javob choralarini qabul qiladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

“Eng yomon snetsariyni baholaymiz va qaror qabul qilamiz. Agar Turkiyaga qarshi sanksiya kiritsa, kun tartibiga Injirlik (Turkiya janubidagi Amerika bazasi – tahr.) va Kurejik bazalariga oid masalalar chiqishi mumkin”, - deya vazir so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Zenitnie raketnie sistemi S-400 - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Turkiyaning S-400 xarid qilishida kim aybdor ekanini aytdi

Qolaversa, Chavusho‘g‘li Turkiya Rossiya qiruvchilarini Amerikaning F-35 samolyotlari muqobili sifatida ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan. Agar AQSh yetkazib berishdan bosh tortsa, shunday ham bo‘lishi mumkin.

“AQSh barcha takliflarimizga rad javobini bermoqda. Agar AQSh ijobiy munosabat bildirsa, biz ham shunday javob qaytaramiz. Biroq F-35 sotib ololmasak, demak, muqobilini izlaymiz. Bu Rossiya bozori ham, boshqasi ham bo‘lishi mumkin”, - deb qo‘shimcha qilgan Chavusho‘g‘li.

Avvalroq u Rossiya S-400 tizimlarini sotib olish siyosiy masala emaslinini ma’lum qilgandi. Zero Turkiya bunga qadar AQSh va Fransiyaga ulardan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan edi. Biroq ular rozi bo‘lishmagan.

Yangiliklar lentasi
0