Tramp Turkiyaning S-400 xarid qilishida kim aybdor ekanini aytdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishZenitnie raketnie sistemi S-400
Zenitnie raketnie sistemi S-400 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Turkiyaning Amerika Patriot majmualari o‘rniga Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olishida sobiq prezident Barak Obama administratsiyasini aybladi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Sobiq Amerika prezidenti Barak Obamaning administratsiyasi Turkiyaning Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishida aybdor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Barak Obama administratsiyasi Turkiyaga Patriot raketalarini va’da qildi, lekin ularga sotmadi. Ular Turkiyaga raketalarni yetkazib bermadi. Bir qancha vaqtdan so‘ng Turkiya Rossiya tizimlarini sotib oldi”, - deya Tramp so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Dostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

Yaqinda Turkiyada xarid qilgan S-400 raketa zenit tizimini sinovdan o‘tkazdi. Sinov ikki kun davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ning yetkazib berilishi iyul oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, C-400 2020-yilning aprelida to‘liq ishga tushiriladi. Vashington muntazam ushbu bitimdan voz kechishga, o‘rniga Amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga qiruvchilarning eng so‘nggi avlodi F-35 sotuvini to‘xtatib qo‘yish yoki umuman bekor qilish va hatto sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi. Anqara bunga rozi emasligi ochiq-oydin aytgan va sabablarini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0