Bortnikov Rossiyada yil boshidan buyon nechta jangarilar boshliqlari yo‘q qilinganini ochiqladi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishSotrudnik podrazdeleniya spesnaznacheniya FSB Rossii
Sotrudnik podrazdeleniya spesnaznacheniya FSB Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov mamlakatda yil boshidan buyon 32 nafar jangari, jumladan, ularning 9 nafar boshlig‘i yo‘q qilingani ma’lum qildi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiyada yil boshidan buyon 32 nafar jangari, jumladan, ularning 9 nafar boshlig‘i yo‘q qilingan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

U ochiqlagan ma’lumotlarga qaraganda, yana 41 nafar boshliq, 241 nafar jangari va 606 nafar sheriklari qo‘lga olingan

FSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov - Sputnik O‘zbekiston
FSB "Hizb ut-Tahrir"ning ikki yetakchisini qo‘lga oldi

Bortnikov maxsus xizmat xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga hujum uyushtirish va boshqa jinoyatlarni rejalashtirgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 78 ta yashirin yacheykalarini fosh etishga muvaffaq bo‘lishganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro terrorchilar tomonidan solayotgan tahdidlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, terrorchilik jinoyatlari soni kamayishda davom etmoqda.

“Terrorchilar terrorchilik harakatlarini sodir etishga qaratilgan yashirin yacheykalarni shakllantirishga urinishda davom etmoqda", - deydi Bortnikov

Yangiliklar lentasi
0