FSB "Hizb ut-Tahrir"ning ikki yetakchisini qo‘lga oldi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov
FSB RF presekla deyatelnost gruppi rossiyskix grajdan po finansirovaniyu terroristov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tintuv jarayoni vaqtida tashkilot a’zolaridan ta’qiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchilar olib qo‘yilgan.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Moskva va Chelyabinskda "Hizb ut-Tahrir al-Islomiy" terroristik tashkilotining yetti a’zosi va ikki nafar yetakchisi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazi.

Ta’kilanishicha, bu Rossiya fuqarolari yoki Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari bo‘lishi mumkin.

Tergov qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, xorijiy emissarlar ko‘rsatmasiga ko‘ra, "Rossiya hududida amaldagi hokimiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan ag‘darishga qaratilgan terroristik tashkilot g‘oyalarini tarqatgan".

Shuningdek, ular o‘z saflariga mahalliy musulmonlar va mamlakatda bo‘lib turgan mehnat migrantlarini og‘dirish bilan shug‘ullanganlar.

Tintuv jarayoni vaqtida tashkilot a’zolaridan ta’qiqlangan adabiyotlar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchilar olib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0