Toshkentda MGIMO filiali rasman ochildi

© SputnikFilial MGIMO v Tashkente
Filial MGIMO v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filialni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim o‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkentda bugun, 9-dekabr kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O‘zbekistondagi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, MGIMO rektori Anatoliy Torkunov, respublika vazirlik va idoralari vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov - Sputnik O‘zbekiston
MGIMO filialida tarmoqli ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi - Torkunov

“Bu O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ulkan ikkitomonlama munosabatlarning qismidir”, - dedi so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ikki davlat hamkorlik qilmagan sohani topish mushkil. Ikki davlat har sohada, jumladan, ta’lim sohasida munosabatlarni rivojlantirmoqda.

MGIMO joriy yilning sentabr oyidan institut filialida “Biznes-axborot” hamda “Huquq” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish boshlagan. O‘qish jarayoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida olib borilayotgan edi.

Filialni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim o‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Loyihani amalga oshirish Shavkat Mirziyoyev 2019-yil fevral oyida imzolagan farmondan so‘ng boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0