MGIMO filialida tarmoqli ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi - Torkunov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRektor MGIMO Anatoliy Torkunov
Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MGIMO rektori oliygoh tarmoqli ta’lim shaklini faol yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi. 

TOShKENT, 19-may - Sputnik. Toshkentda ochilayotgan MGIMO filiali iqtisod sohasida samarali faoliyat olib boradigan, bugungi kunda mamlakat oldida investitsiya borasida turgan masalalarga yechim topa oladigan yangi avlod yuristlarini tayyorlab beradi, dedi bugun Toshkentda o‘tkazilgan MGIMO bitiruvchilarining beshinchi forumida Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti rektori Anatoliy Torkunov.

V Tashkente proshel patiy forum vipusknikov MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin tabrik so‘zlari MGIMO forumi ishtirokchilariga yetkazildi

Torkunovning aytishicha, ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, talabalar bakalavr va magistr dasturlari bo‘yicha to‘laqonli ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi.

"Toshkentdagi o‘qituvchilar tarkibi tahsinga loyiq. Tabiiyki, MGIMO o‘qituvchilari ham kelib dars berishadi. Lekin biz uchun mahalliy pedagoglar ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Diplomatiya universitetini yaxshi bilaman. Albatta, ushbu universitet domlalari ham bizning filialimizda dars berishlarini istaymiz", - dedi Torkunov.

MGIMO rektori oliygoh tarmoqli ta’lim shaklini faol yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi. 

"Toshkentdagi MGIMO filialida tahsil oladiganlar albatta, bitta semestr Moskvada o‘qishadi", - deya ma’lum qildi Torkunov.

U kelajakda ushbu filial nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlat fuqarolari orasida ham shuhrat qozonishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0