TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelasi yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali ochilishi marosimida ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Haqiqatdan ham, kun tartibimizdan ushbu tashrif o‘rin olgan. Bu kelasi yil yanvar oyining o‘rtasida bo‘ladi”, - dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, Lavrov rasmiy tashrifi davomida MGIMO filiali va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyuradi va barchani qiziqtirgan mavzuda qisqa ma’ruza o‘qiydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda MGIMO filialining rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.