MSK raisi O‘zbekistonda muxolifatchi partiyalar paydo bo‘lishini istisno qilmadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnie nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG, pribivshie v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa viborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa, 2-dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom SIK
Mejdunarodnie nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG, pribivshie v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa viborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa, 2-dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom SIK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov MDH PA kuzatuvchilari delegatsiyasi bilan uchrashuvda yangi qonunchilik haqida so‘zlab berdi va nima sababdan ayrim nizomlar o‘rgartirilgani yoki keyinga qoldirilganini tushuntirdi.

Oldinda turgan parlament saylovlari yangi Saylov kodeksi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov MDHning Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda ushbu hujjatga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlar haqida so‘zlab berdi.

“Biz ikki yildan ziyod vaqt ushbu qonunni tayyorladik, eng ilg‘orlarini olish uchun qariyb 30 ga yaqin mamlakatlarni kezdik. Bizda ochiq savollar qoldi, albatta, shuning uchun hujjat yangi holatlarni inobatga olgan holda o‘zgartirilishi mumkin. Misol uchun, biz hozircha proporsional tizimga o‘tishga tayyor emasmiz hamda vaqtinchalik tashabbuskor guruhlar va o‘zini o‘zi boshqarish organ vakillari saylovlarida ishtirok etishidan voz kechdik. Barchasini sisosiy partiyalarga topshirdik”, - deya qayd etdi MSK raisi.

Abdusalomov bu cheklovlar birinchi navbatda siyosiy partiyalarni mamlakatda mustahkamlash istagiga bog‘liqligini tushuntirdi, chunki respublikaning partiya tizimi G‘arbiy Yevropa muqobillaridan yiroq.

I. o. direktora Instituta razvitiya demokratii, parlamentarizma i soblyudeniya izbiratelnix prav grajdan Yekaterina Goloulina. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MSK va barcha partiyalar ochiq muloqotga tayyor - Goloulina

“Partiyalarimiz yetarlicha kuchli emas. Aynan shuning uchun biz ularni vaqtincha boshqa siyosiy tuzulmalar raqobatidan ozod qilishga qaror qildik. Umid qilamanki, kelajakda bizda haqiqiy kuchli raqobatchi partiyalar, ehtimol, muxolifatchi yoki umuman yangi partiyalar paydo bo‘ladi. Har holda ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik”, - deya qo‘shimcha qildi MSK rahbari.

Abdusalomov demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchisi Yekaterina Goloulinaga murojaat qilib, O‘zbekiston saylov yakunlariga ko‘ra saylov qonunchiligining asosli bahosini kutishini va keyinchalik uni takomillashtirish ustida xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borishga tayyorligini ta’kidladi.

Glava SIK: nadeyus, v Uzbekistane poyavatsya silnie partii, mojet, i oppozitsionnie
Yangiliklar lentasi
0