Toshkentda maktab o‘quvchilari fuqaroning katta miqdordagi puli va pasportini o‘g‘irlashdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanida “Neksiya”avtomashinasidan katta miqdordagi mablag‘ va bir nechta muhim hujjat o‘g‘irlab ketilgan.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘g‘irlik sodir etishdi.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari talonchilik qilishdi

IIVning xabar qilishicha, 24-iyun kuni noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “O‘z kabel” do‘koni oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Toshkent tumanida yashovchi 26 yoshli B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan ichida 65 mln. so‘m puli, 2700 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va korxonasining hujjatlarini o‘g‘irlab ketgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchilar 19 yoshli D.H., 11-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchilari Yu.Yu. va J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0