Andijondagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

© Sledstvenniy departament pri MVD UzbekistanaV odnom iz mnogoetajnix domov 2-go mikrorayona goroda Andijana proizoshol pojar
V odnom iz mnogoetajnix domov 2-go mikrorayona goroda Andijana proizoshol pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa 4-dekabr kuni soat 14:00larda ro‘y bergan. Yong‘inga qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘ir sodir bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 4-dekabr kuni soat 14:00larda ro‘y bergan. Yong‘inga qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab bo‘lgan.

Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda ona va qizining hayoti yong‘indan saqlab qolindi

Ta’kidlanishicha, uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yo‘q”, - deyilgan xabarda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Departament holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0