TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Islom sizilizatsiyasi markazidagi yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi.
5 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Olmazor tumani Zarqaynar 14 berk ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazining yangi qurilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi bilan bog‘liq fotosuratlar hamda videolavhalar tarqaldi. Suratlarda baxtsiz hodisa yerida to‘plangan odamlar va o‘t o‘chiruvchilarni ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasining xabar berishicha, holat bugun 5-dekabr kuni soat 16:38da sodir bo‘lgan.
Yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga 10 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtoekipajlari hamda 6 ta maxsus va yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.
“Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:44 yetib borgan va 16:54 da yong‘in qurshab olinib, soat 17:06 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida qurilayotgan bino yerto‘lasida joylashgan ta’mirlash uchun olib kelingan teploizolyatsiya (penoplast) qurilish materiallari 150 kv.metr maydonda yongan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”,- deyiladi xabarda.