TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Bugun, 31-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasi xududida joylashgan armatura ishlab chiqarish sexining transformator podstanitsiyasi va uning moylari 250 kv.m. maydonida yongan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:14da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:53da qurshab olinib, soat 12:24da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 10 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in ishlab chiqari texnologik jarayonining buzilishi natijasida elektr ta’minotining ortiqcha kuchlanishnidan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.