Turkmaniston-O‘zbekiston podstansiyalarini bog‘lovchi LEPda favqulodda o‘chish yuz berdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu
Linii elektroperedach v okrestnostax sela Partizanskoe v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, nosozliklar tez orada bartaraf etilib, elektr energiya importi amalga oshirilayotgan liniya qayta ulanadi

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Turkmanistonning "Serdar" va O‘zbekistonning "Qorako‘l" podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ida vaqtincha favqulotda o‘chish holati sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Axborot xizmati.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Ushbu magistral elektr tarmog‘i orqali qo‘shni Turkmaniston energetika tizimidan soatiga o‘rtacha 650 MVt elektr energiyasi importi amalga oshirilmoqda edi.

"Havo tarmog‘i o‘chishi sababli avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida Navoiy, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida yuklamasi 375 MVtga teng iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uzildi. Shuningdek, 40 MVt ABMK Buxoro viloyati hududiga qarashli nasoslar va 20 MVt Navoiy viloyati hududiga qarashli nasoslar tarmoqdan uzilgan. Tarmoqdan uzilgan iste’molchilar va nasos stansiyalarini zudlik bilan ulash va elektr stansiyalaridagi zahira quvvatlarini ishga kiritish bo‘yicha joylarga soat 10:57 da tegishli topshiriqlar berilgan va import amaliyoti vaqtincha to‘xtatilganidan qat’iy nazar o‘zbekistonlik iste’molchilarga elektr ta’minoti yetkazib berilmoqda.

LEP - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

Rasmiy bayonotlarimiz ijtimoiy tarmoq sahifalarida asossiz taxminlar orqali turlicha talqin etilmasligi uchun shuni alohida ta’kidlaymizki, "Serdar" va "Qorako‘l" podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kvli elektr uzatish tarmog‘i "Turkmenenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi balansida bo‘lib, import amaliyotida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi (tuzatish-ta’mirlash ishlarining olib borilishi) O‘zbekiston elektr energetika umumtizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi", - deyiladi xabarda.

"Turkmenenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi hududiy bo‘limlari tomonidan nosozlik sababini aniqlash va bartaraf etish maqsadida bir nechta brigadalar tashkil qilinib, magistral liniyalarining zarar yetgan joylarini aniqlash va bartaraf etish uchun yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, nosozliklar tez orada bartaraf etilib, elektr energiya importi amalga oshirilayotgan liniya qayta ulanadi.

Yangiliklar lentasi
0