Turkmaniston O‘zbekistonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 1-dekabrdan O‘zbekistonning elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi kutilmoqda

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Turkmanistonning "Turkmanenergo" davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Lampi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" bo‘lmaydi – ro‘yxat

Bundan maqsad, O‘zbekiston elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakat aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashdir.

""O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 2019-yil 1-dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov aholini va ijtimoiy obyektlarni gaz va elektr-energiyasi bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgan edi.

Yig‘ilishi davomida hukumat rahbari davlat xizmatchilarini yo‘l qo‘yilgan xatoliklar uchun qattiq tanqid qilgan. Aripovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi sovuq kunlar tushishi bilan ko‘plab regionlar svetsiz va gazsiz qolib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0