TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekstonlik Rossiya Federatsiyasi hududida Toshkent shahar IIBBning so‘roviga ko‘ra qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli namanganlik Islomjon I. O‘zbekiston JK 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) va 227-moddasida (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Sergeli tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan sud hibsga olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.
Xabarda qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistondan chetda bo‘lganligiga qaramasdan, uning turar joyi Toshkent shahar IIBB xodimlarining rossiyalik hamkasblari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklari natijasida aniqlangani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborilgani haqida xabar qilgan edik.