TOShKENT, 2 dek – Sputnik. MDH PA ishtirokchi-davlatlarining demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchi Yekaterina Goloulina boshchilik qilmoqda.
22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman mahalliy kengash xalq deputatlari saylovlari o‘tkaziladi. YeHXT va BMT xalqaro kuzatuvchilar o‘z ish faoliyatini boshladi.
Rossiya delegatsiya vakili Yekaterina Goloulina saylov kampaniyasi taassurotlari va kelgusi rejalarini aytdi.
“Birinchi navbatda MSK va hududiy komissiyalarni yordam va oshkoralik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, hamma siyosiy partiyalar barcha masalalar bo‘yicha chuqur ochiqcha norasmiy muloqotga tayyor. Biz UzLiDep vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik, keyin boshqa to‘rtta partiya vakillar bilan muzokara o‘tkazish rejalashtirilgan, ishonchim komilki, bunday yondoshuv shaffoflik va adolatli saylovlar o‘tishiga mustahkam poydevor bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Goloulina.
Goloulina respublikada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berib, MDH va O‘zbekistonda yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
"Hozir yangi avlod kelmoqda va dunyoqarash o‘zgarmoqda. Shu bois yoshlarimizni siyosiy hayotga faol jalb qilish zarur, buni o‘tkazib yubormasligimiz juda muhimdir. Biz bu masalalarni, xususan, MDH Parlamentlararo assambleyamizning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqmoqdamiz", - deya qo‘shimcha qildi u.
Goloulina O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning Toshkentda demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro institutining filialini ochish tashabbusini ijobiy qabul qildi.
"O‘ylaymanki, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha ushbu murakkab ish tugagandan so‘ng, biz aniq bu masalaga qaytamiz va uni puxta ish olib boramiz", - deya yakun yasadi Goloulina.