O‘zbekistonning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" bo‘lmaydi – ro‘yxat

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishLampi
Lampi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik.  Bugun, 12-noyabr kuni, Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yashnobod tumanining “Donishmand” mahallasidagi “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” ko‘chalarida, hamda “Shirinobod” mahallasining “Marv” ko‘chasidagi aholi xonadonlarida bugun 12-noyabr kuni soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Tumanning “Tuzel” mahalla hududidagi 3366-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, (40 let) mavzesining 2 kvartalida 2, 4, 5, 6, 13- ko‘p qavatli aholi xonadonlarida;

Shuningdek, “Nodirabegim” mahallasi hududidagi 1858-sonli transformator punktiga qarashli past kuchlanishli havo liniyalarida 0,4 SIP simlarini yangi tizimga ulash ishlari olib borilishi sababli, ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” ko‘chalarida, hamda “A.Yassaviy” mahalla ko‘chalaridagi elektr simlarini daraxt shox-shabbalaridan tozalab tartibga keltirish maqsadida, ishlarni xavfsiz bajarish uchun aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha o‘chiriladi. 

Andijon tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Oxunboboyev” hamda “Kamolot” podstansiyalarida mukammal ta’mirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri va tumanidagi “Yangi hayot”, “A.Bakirov”, “Abdulla Ahmedov”, “Bog‘ishamol”, “Joxonobod”, “Zavroq”, “Og‘ullik”, “Bog‘i Bobur”, “Sho‘rbuloq”, “Jevachi”, “Guzar”, “Buyuk Turon”, “Tadbirkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida yashovchi aholi xonadonlari elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi. 

Pop tumanidagi 35/6 kVli “Pop shahar” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Hazratibob”, “Tinchlik”, “Uchbo‘lar”, “Navoiy”, “H.Olimjon”, “Ipak yo‘li”, “A.Qahhor”, “Mustaqillik” va “Chinor” MFYlar hududlarida. 

Mingbuloq tumanidagi 35/10 kVli “Oq qum” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Oq qum” MFY hududida.

Chortoq tumanidagi 35/10 kVli “Alixon” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Saroy”, “Qoramurut”, “Isroilov” va “Bodomzor” MFYlar hududlarida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0