TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Amerika strategik razvedkani amalga oshiruvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi Rossiya chegaralarida razvedka o‘tkazdi, bu haqda PlaneRadar resursi materiallarida aytilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh HHK qarashli bo‘lgan 11-2048 bort nomeriga ega RQ-4B-40 Global Hawk (FORTE10) deb nomlanuvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi NATOning Sitsiliya orolidagi Sigonella aviabazasidan havoga ko‘tarilgan.
Moskva vaqti bilan 9:25 da dron Leningrad va Pskov viloyatlari chegarasi bo‘ylab razvedkani amalga oshirgan. Parvoz 16 kilometr balandlikda va soatiga 600 km tezlikda amalga oshirilgan.
Chet el uchar apparatlari Rossiya chegarasi yaqinida tez-tez razvedkani amalga oshiradilar. Ularni ko‘pincha Qrim va Krasnodar hududi yaqinida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya Mudofaa vazirligi bazalari ustilarida qayd etishadi.
Joriy haftada, "Krasnaya gazeta" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya sarhadlarida 23ta uchar apparatlarni ro‘yxatga olishgan. Havodan hujumga qarshi kuchlari navbatchi qiruvchilari chegara buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 16 marotaba osmonga ko‘tarilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi amerika qo‘mondonligini ko‘plab marotaba bu singari razvedka operatsiyalarini o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirgan, lekin Pentagon bu talabni bajarishdan voz kechmoqda.