TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. O‘tgan haftra Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh uchuvchisiz apparati oddiy dron emas, narxi 220 million turadigan haqiqiy shpionlik monstri bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Wired nashri.
Eron xabariga aytilishiga ko‘ra, urib tushirilgan apparat - RQ-4A Global Hawk bo‘lgan. Ushbu apparat nafaqat qimmat balkim o‘ta zamonaviy va maxfiy texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgani tufayli, uning urib tushirilishi AQShning shu qadar g‘azabini qaynatdi-ki, Tramp hatto Eronga qarshi urush ochishga buyuruq bergan.
Keling RQ-4A “Global Hawk” uchuvchisiz apparatiga yaqin roq nazar tashlaylik. Ushbu qurilma Northrop Grumman kompaniyasi tomonidan 1998-yil oxirida ishlab chiqarilgan va 2004-yilda AQSh Qurolli kuchlarida foydalanila boshlangan.
Global Hawk – dunyoda eng yirik uchuvchisiz apparat hisoblanadi. Uning uzunligi 13,3 metr, qanotlari kengligi esa – 35 metr, og‘irligi – 15 tonnagacha. Parvoz uzoqligi 25 000 km, davomiyligi – 36 soatgacha.
Global Hawk – eng zamonaviy optik, infraqizil va radioto‘lqin yordamida ishlovchi kuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Apparat kengligi 10 km bo‘lgan hududini tinimsiz skan qilishi va harakatlanayotgan har qanday obyektlarni aniqlash yoki 2x2 km kvadratning aniq detallashgan suratlarini olish imkoniga ega. Apparat keng polosali sputniklar orqali ishlaydigan aloqa tizimiga ega. Ushbu tizim orqali Global Hawk barcha ma’lumotni yerga real vaqt ichida yuborib turishi mumkin.
Uchuvchisiz apparat ayrim qiruvchi samolyotlardan kattaroq va ularga qaraganda bir necha barobar murakkab. Shunidek, unda AQShning eng zamonaviy razvedka va kuzatuv texniksi mujassamlashgan. Shu sabab Pentagon ushbu apparat urib tushirilganda “tipirchilab” qolgani be’jiz emas. Agar ushbu texnologiyalar Eron qo‘liga tushib qolsa nima bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash voqea 2011-yilda ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Eron AQShning RQ-170 Sentinel uchuvchisiz apparatini urib tushirganini va keyinchalik uning texnologiyalaridan nusxa ko‘chirganini xabar qilgan edi. Bir necha yil o‘tib Isroil Eronda haqiqatdan ham radardan yashirinish texnologiyali uchuvchisiz apparatlar paydo bo‘lganini tasdiqlagan edi.
Eron Global Hawkni qanday qurol yordamida urib tushirdi, degan savolga mutaxassislar – bu ish “yer – havo” tizimida radar yordamida ishlaydigan sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan “Kub-M” yoki “Buk” raketa tizimlarining “qo‘lidan kelishini” qayd etishgan.
Xo‘sh, Eron AQSh “kuzatuvchi”sini nega urib tushirdi?
Eron tomon aytishiga qaragana uchuvchisiz apparat uning chegarasini buzib kirgan, lekin AQSh apparat xalqaro havo hududida harakatlanganini ta’kidlamoqda.
Bundan biroz oldin bo‘lib o‘tgan voqealarni esga olsak hammasi o‘z joyiga tushadi. Iyun oyining boshida AQSh Eron harbiylarini Yaponiya neft tankerga hujum uyushtirishda ayblagan edi va buning isboti sifatida uchuvchisiz apparatdan suratga olingan videolarni tarqatgan edi. Ushbu video ko‘pchillikda shubha uyg‘otgan bo‘lsada, bir qator g‘arbiy nashrlar ularni chop etib shov-shuv ko‘tarishgan edi. Qandaydir tasodif tufayli bu voqealar aynan Yaponiya bosh vazirining Eronga tashrifi vaqtida sodir bo‘lgan edi. Bu bilan Eron AQShga, o‘ziga xos uslubda, "droningni yig‘!" degan bo‘lsa, ajab emas.