Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish soddalashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSotrudnik perevozit pochtovie otpravleniya
Sotrudnik perevozit pochtovie otpravleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Loyiha xorijiy ishlab chiqaruvchilar va ularning investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, davlat budjetiga tushuvchi soliq ajratmalari miqdorini oshirishni ko‘zda tutadi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish soddalashtiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash rejimini qabul qilish to‘g‘risida” prezident qarori loyihasini ishlab chiqqan. Hozirda umumxalq muhokamasiga havola qilingan.

Dotsent kafedri ekonomiki i finansov fakulteta ekonomicheskix i sotsialnix nauk (FESN) RANXiGS Alisen Alisenov - Sputnik O‘zbekiston
“Bu kam emas”: Alisenov yagona bojxona to‘lovi stavkasi haqida

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, respublikaga oxirgi 4-yil davomida 8 328,5 mln. dollarlik yoki umumiy import hajmining 17,5% miqdorida texnologik uskunalar olib kelingan.

Tovarlarni qayta ishlash va ichki ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 7,8%ga o‘sgan.

Loyiha respublikaning sanoat va qayta ishlash quvvatlaridan yuqori darajada foydalanish, tayyor mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, ichki ishlab chiqarishni kengaytirish, xorijiy ishlab chiqaruvchilar va ularning investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, davlat budjetiga tushuvchi soliq ajratmalari miqdorini oshirishni ko‘zda tutadi.

2020 yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq tovarni bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash, tovarlarni taqiq va cheklovlardan istisno etish kabi talablar va shartlarga rioya etgan holda yo‘l qo‘yiladi.

Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, shu jumladan montaj qilish, yig‘ish yoki boshqa tovarlarga moslashtirish, tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash va ish holatiga keltirish, qadoqlash, o‘rash va saralash, tovarlarni tozalash kabilardan iboratligi belgilanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0