O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan notijorat maqsadlar uchun O‘zbekistonning Davlat chegarasidan o‘tish punktlari orqali qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Qaror bilan tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona bojxona to‘lovi stavkasi tasdiqlandi.
“Albatta, yagona bojxona to‘lovini joriy etish o‘zaro ta’sir mexanizmini va to‘lovlar ma’muriyatini soddalashtiradi. Shuningdek, bu qadam Davlat bojxona qo‘mitasiga tegishli tuzilmalar ta’minoti uchun harajatlarni qisqartirishga imkon beradi”, - dedi Alisenov Sputnik O‘zbekiston radio efirida.
Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tovarlarni baholashga yondashuv qanchalik obyektivligi muhim: bojxona qiymatidan 30 % - O‘zbekistonda o‘rtacha maosh oyiga 130 AQSh dollarni tashkil qilishini hisobga olganda, bu kam emas.
Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.