TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qozog‘istonda amaldorlarning qo‘li ostidagi xodimlar pora bilan qo‘lga tushsa, amaldorlar iste’foga chiqishini nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.
“Endilikda siyosiy davlat xizmatchilari, ya’ni vazirlar va ularning o‘rinbosarlari, viloyatlar, Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent shaharlari hokimlari va hokim o‘rinbosarlari, tumanlar hokimlari qo‘li ostidagilar poraxo‘rlik bilan qo‘lga tushgan taqdirda iste’foga chiqishga majburlar”, - deya tushuntirgan Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati raisining o‘rinbosari Oljas Bektenov. Sputnik Qozog‘iston uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldor uning qo‘li ostidagi nisbatan ayblov hukmi yoki oqlamaydigan asoslarga ko‘ra jinoiy ish to‘xtatilgan so‘ng 10 kun o‘tib iste’foga chiqishga majbur.