Germaniya Rossiyaning RSMDga Yevropada moratoriy e’lon qilish taklifiga rozi bo‘lmadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishUpravlyayemaya raketa klassa vozdux-vozdux malogo radiusa deystviya R-73
Upravlyayemaya raketa klassa vozdux-vozdux malogo radiusa deystviya R-73 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin yozda "Yevropa va Osiyoning asosiy davlatlari" rahbarlariga RSMD to‘g‘risida maktub yo‘llagan edi. Alyansdagilar maktubni olganini tasdiqlashdi, ammo xatni "ishonchga munosib" topishmadi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Berlin Moskvaning o‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni Yevropada joylashtirishni ta’qiqlash bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Sal oldin bu taklifni Parij ham rad etgan edi.

Atomniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Akademik yadro urushi qanday boshlanishi mumkinligini aytdi

"Biz NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning alyans nomidan 2-avgust kuni qilgan bayonotiga ishora qilamiz", - deya ta’kidlashgan GFR vazirlar mahkamasi axborot xizmatida.

Vladimir Putin yozda "Yevropa va Osiyoning asosiy davlatlari" yetakchilariga RSMD to‘g‘risida maktub yo‘llagan edi. Alyansdagilar maktubni olganini tasdiqlashdi, ammo xatni "ishonchga munosib" topishmadi.

Ikkinchi avgust kuni tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg "dastavval" Rossiyaning o‘zi o‘z tizimlarini keng joriy etishdan to‘xtashi, ularni yo‘q qilishi va "RSMDga amal qilishi" lozimligi haqida bayonot bilan chiqqan edi. U bu so‘zlarni aytgach, Moskva "reaksiya" sifatida tegishli bitimdan chiqdi.

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi o‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasi (DRSMD) o‘z kuchini ikkinchi avgustda yo‘qotdi. Bu bitim o‘z kuchini yo‘qotishida Vashington tashabbus ko‘rsatgan. Oq uy Moskvani u kelishuv qoidalariga amal qilmayotganlikda ayblab, so‘ng qishga kelib, o‘zining shartnomadan bir yoqlama tartibda chiqayotganini e’lon qilgan edi.

Rossiyada barcha ayblovlarni inkor etib, qarshi e’tirozlarni oldinga surishmoqda. Ekspertlar hamjamiyati esa yangi qurol poygasi avj olishidan havotirlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0