Emomali Rahmon Toshkentga keldi

© Sputnik / Viktor TolochkoEmomali Raxmon
Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston yetakchisi Markaziy Osiyo rahbarlari ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Xalqaro aeroportda martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkekdan Toshkentga uchib keldi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi

Rahmon boshchiligidagi delegatsiyadan respublika bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, xalqaro munosabatlar bo‘yicha davlat rahbari o‘rinbosari va boshqa rasmiy shaxslar o‘rin olgan.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Tojikiston rahbarini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sammitda mintaqaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sal oldin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0