TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga keldi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi, deb xabar qilmoqda UzA.
"Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevning taklifiga amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan", - deyilgan xabarda.
Turkmaniston delegatsiyasi rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng xorijiy delegatsiyalar qarorgohiga yo‘l oldi.
© UzA / Temur MamadaminovPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov pribil v Tashkent
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov pribil v Tashkent
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarning uchrashuvi rejalashtirilgan. Uchrashuvda davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.
© UzA / Temur MamadaminovPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov pribil v Tashkent
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov pribil v Tashkent