Umrni uzaytirishning samarali usuli aniqlandi

Obuna bo‘lish
Asrlar davomida insonlarni o‘ylantirib kelayotgan savolga bir guruh olimlar yechim topishganini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umrning uzayishiga yordam beradi. Amerika yurak assotsiatsiyasi olimlar shunday xulosaga kelishdi, deya yozadi MedicalXpress.

Mandarini na sklade  - Sputnik O‘zbekiston
Mandarin foydasi va zarari haqida - shifokorlar maslahati

Tadqiqot davomida ikki mingga yaqin kishi yurak kateterizatsiyasidan (yurak ichiga ingichka naycha yuborish) o‘tgan. Ulardan 389 tasi muntazam ravishda och qolgan. Tadqiqot to‘rt yil davom etgan.

Aniqlanishicha, och qolganlar orasida o‘lim holati tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga qaraganda 45 foizga kam bo‘lgan.

Yosh bo‘lish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar

Qolaversa, mutaxassislar tadqiqot ishtirokchilarining ma’lumotlarini tahlil qilib, och qolganlar 71 foizga kam hollarda yurak xurujini boshdan kechirishganini aniqlashgan.

Yangiliklar lentasi
0