Mandarin foydasi va zarari haqida - shifokorlar maslahati

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMandarini na sklade
Mandarini na sklade  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mandarin juda foydali, immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni ko‘taradi.

Kuniga to‘rt dona mandarin iste’mol qilinsa, salomatlikka zarar bo‘lmaydi. Bu meva juda foydali, immunitetni mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, kayfiyatni ko‘taradi. Shuning uchun Yangi yil bayramida mandarin iste’mol qilish juda yaxshi odat, deyishdi shifokorlar RIA Novosti agentligiga.

“Bir sutkada o‘rtacha miqdori – 4 dona <...>, mandarinlarni meyorida har kuni iste’mol qilish mumkin”, - dedi parhez-shifokori Tamara Prunseva.

Uning ta’kidlashicha, yangi yil bayramlarida mandarinlarni iste’mol qilish odati agar sitrus mevalariga qarshi, individual allergik reaksiyalar bo‘lmasa, foydali bo‘ladi.

Parhezshunos-shifokor Yelena Tixomirovaning so‘zlariga ko‘ra, qishda, vitaminlar kam bo‘lganda, inson organizmi uchun bu meva zarur bo‘ladi. Mandarin kam kaloriyali meva hisoblanadi, shu bilan birga vitaminlarga, shu jumladan S vitaminiga boy.

Sbor urojaya mandarinov v Gulripshe - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor kimlarga mandarin yeyish zararligini aytdi

Iste’mol qilishdan oldin mandarinni iliq suvda yuvish zarur. Chunki ularni uzoq vaqt saqlash uchun organizmga zararli bo‘lgan moddalar bilan ishlov berilgan bo‘lishi mumkin.

Mandarin miqdoridan ko‘p iiste’mol qilish allergik reaksiyalarga olib kelishi, oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklarining kuchayishiga olib kelishi mumkin, chunki mevada ko‘p miqdorda klechatka mavjud.

Parhez shifokortlar mandarinni ertalab va kunduzi soat 5 gacha iste’mol qilishni maslahat berishdi. Asosiysi – ularni och qoringa iste’mol qilish kerak emas.

Oddiy tavsiyalarga amal qilinsa, mandarin inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi: toksinlarni chiqaradi, immunitetni mustahkamlaydi va kayfiyatni yaxshilaydi.

Yangiliklar lentasi
0