Rossiya Tojikistonga bepul qurol va harbiy texnikani taqdim etdi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishMejdunarodnie voyennie ucheniya "Boyevoe sodrujestvo"
Mejdunarodnie voyennie ucheniya Boyevoe sodrujestvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Tojikiston Qurolli kuchlariga qiymati 320 million rubl bo‘lgan qurol va harbiy texnikani taqdim etdi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Rossiya Tojikistonga qiymati 320 million rubl bo‘lgan qurol va harbiy texnikani taqdim etdi, deb xabar qildi RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.

Broneavtomobil KamAZ Tayfun - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Tayfun” zirhli avtomobillari yirik partiyasini sotib oldi

Tojikiston Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi bufer zonadagi asosiy mamlakatlaridan biri hisoblanadi, u terrorchilar faolligi jihatidan yana dunyodagi eng qaynoq nuqtaga aylanmoqda. Suriya va Iroqdan minglab jangarilar aynan Afg‘onistonga ko‘chib o‘tdi.

“Rossiya harbiylari Tojikiston armiyasiga beg‘araz harbiy texnika va qurol partiyasini taqdim etdi, ularning qiymati 320 million rublni tashkil qiladi”, - deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapinning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston “sinalgan va ishonarli texnika” - radiolokatsiya stansiyalar va modernizatsiya qilingan zirhli mashinalarini BRDM-2M oldi.

General ta’kidlashicha, yangi texnika Tojikiston Qurolli kuchlari “jangovar salohiyatini oshirish” va “mintaqada tinchlikni saqlash uchun xizmat qiladi".

Harbiy texnikani taqdim etish marosimi Dushanbeda ODKB o‘quv mashg‘ulotlar yakunida o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0