“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Sotrudnik nalogovoy inspeksii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Davlat soliq xizmati maxsus unvonlarni berish tartibi bekor qilinadi

Hujjat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan. Unga ko‘ra, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlash nazarda tutilgan.

Qonunning 15-moddasi (Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti) ikkinchi qismida  “Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar bo‘yicha bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar”, - deyilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlangani haqida xabar bergandik.

Loyihada “2020 yil 1-iyuldan boshlab adliya organi va sud hokimiyati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari, shuningdek, davlat soliq xizmati maxsus unvonlarni (martaba darajalari) berish tartibi bekor qilinadi” deyilgan.

Yangiliklar lentasi
0