Davlat soliq xizmati maxsus unvonlarni berish tartibi bekor qilinadi

© Novosti UzbekistanaSotrudnik nalogovoy inspeksii Uzbekistana
Sotrudnik nalogovoy inspeksii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Torjestvennoe meropriyatie posvashennoy vozvrasheniyu domoy. Tashkentskiy voyenniy okrug, gorod Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

“2020 yil 1-iyuldan boshlab adliya organi va sud hokimiyati xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari, shuningdek, davlat soliq xizmati maxsus unvonlarni (martaba darajalari) berish tartibi bekor qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada aytilishicha, bu bandda nazarda tutilgan organ va tashkilotlarning davlat fuqarolik xizmatchilariga tegishli malaka darajalari Davlat fuqarolik xizmati malaka darajalarining boshqa organlarning maxsus unvon va martaba darajalariga nisbatiga muvofiq qo‘shimcha tartib-taomillarsiz beriladi.

Yangiliklar lentasi
0