TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan "uloqtirish" payiga tushdi.
"Rossiya bayrog‘i har qanday yirik musobaqalarda to‘rt yil davomida ko‘tarilishi mumkin emas", - deyiladi xabarda.
Bunday choralar RUSADAning doping-namunalar manipulyatsiyasida gumonlanayotgani tufayli qo‘llanilmoqda. Sal oldin RUSADAni WADAga muvofiq kelish maqomidan mahrum etish bo‘yicha jarayon ishga tushirilgan, yakuniy qaror 9-dekabr kuni qabul qilinadi.
Endilikda, WADA rossiyalik sportchilarga xalqaro musobaqalarda Rossiya bayrog‘i ostida chiqish qilishni ta’qiqlashni talab qilmoqda. Turnirlarda ishtirok etishga faqatgina "toza", doping iste’mol qilishda qo‘lga tushmagan sportchilargagina ruxsat beriladi, shu bilan birga, ular neytral bayroq ostida va Rossiya madhiyasisiz chiqish qilishlari ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasi rasmiy shaxslariga ham to‘rt yil davomida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni ta’qiqlash tavsiyasi berilmoqda.
Rossiya o‘z hududida xalqaro turnirlarni o‘tkazish huquqidan ham mahrum etilishi mumkin.
Shuningdek WADA Rossiya antidoping agentligiga 2019-yil yanvar oyidan boshlab barcha harajatlarni to‘lash majburiyatini yuklamoqda va RUSADAni 100 ming dollar (barcha daromadning 10% miqdorida)ga jarimaga tortish tavsiyasini bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda yozgi Olimpiya o‘yinlari Tokioda, 20022-yilda esa qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda o‘tkaziladi.