Anastasiya Svechnikova: Rossiya sportchilari borasida qabul qilingan qaror nohaq

Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri nayza otish bo‘yicha O‘zbekiston mutlaq chempioni, o‘smirlar orasida jahon chempioni, 2010-yilda Osiyo chempioni va London va Pekindagi Olimpiadalar qatnashchisi Anastasiya Svechnikova bilan suhbatda bo‘ldi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya yengil atlektika jamoasining Riodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnashmasligi – butun dunyo sport olamini junbushga keltirdi, jumladan O‘zbekiston sportchilarini ham. 

Riodagi musobaqalar Rossiya jamoasi ishtirokisiz hayajonli bo‘lmaydi. Xususan, dunyodagi yetakchi sportchilardan biri bo‘lgan Yelena Isinbayevaning langar bilan sakrashi kimni hayajonga solmaydi deysiz, deydi Anastasiya Svechnikova.

Yillar davomida ter to‘kib tayorgarlik ko‘rgan halol sportchilar jahonning eng asosiy musobaqasidan chetda qolmoqda. Bunday vaziyatda Isinbayevaning “CAS qarori Rossiya yengil atletikasini go‘rga tiqmoqda”, — degan so‘zlarini tushunsa bo‘ladi.

Nastya Svechnikova Rioda o‘z to‘rmush o‘rtog‘i Ivan Zaysev bilan birgalikda O‘zbekiston sha’nini himoya qilishmoqda.  Ivan Zaysev – nayza otish bo‘yicha xalqaro sport ustasi, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari qatnashchisi.

Rio-de-Janeyro Olimpiada simvollari - Sputnik O‘zbekiston
CAS Rossiya yengil atletikachilarini Olimpiadaga qo‘ymadi

“Men va turmush o‘rtog‘im Rossiyalik do‘stlarimiz bilan tez-tez gaplashib turamiz. Biz Mariya Abakumova, Vera Rebriklar bilan yaxshi tanishmiz. Rebrik nayza otishda eng kuchli. Asli Yaltalik bo‘lgani uchun, Rossiya bir necha qiyinchiliklardan keyin endigina uni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Vera bundan juda xursand edi”, — deydi sportchi.

“Mening fikrimcha shaxsiy rekord o‘rnatishga imkoniyat faqat kuchli jamoada paydo bo‘ladi. Rossiya yengil atletikachilariga nisbatan qabul qilingan qaror bu – nohaqlik. Ko‘plab sportchilar 2 — 4-yil diskvalifikatsiyadan keyin yana olimpiadada qatnashmoqda. Halol sportchilar esa, Rossiyalik bo‘lgani uchun, bunday huquqdan mahrum qilingan?! Bu sport emas. Sportda siyosat ham doping ham bo‘lmasligi kerak”, — deb hisoblaydi Anastasiya Svechnikova.

Yangiliklar lentasi
0