XDP ayollar dekret ta’tilini uch yildan 2-yilga qisqartirishni taklif qilmoqda

CC0 / Pixabay / Beremennaya, arxivnoe foto
Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ikki yoshli bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilinishi bo‘yicha tashabbusni ilgari surmoqda

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi yetakchisi Maqsuda Vorisova dekret ta’tilini uch yildan ikki yilga qisqartirish taklifini ilgari surmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dekret puli to‘lashning yangi tartibi ishga tushiriladi

Partiya ushbu taklifni joylarda ishlashga ehtiyojmand bo‘lgan yosh ayollardan tushgan iltimoslarga ko‘ra, ilgari surmoqda.

"Ayollarning uyda o‘tirgan vaqti, ya’ni bola tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan vaqtini to‘liq ish stajiga qo‘shish partiyamiz saylovoldi dasturidan o‘rin olgan. Undan tashqari, bolalarning ikki yoshdan bog‘chalarga qabul qilish taklifini ilgari surapmiz. Chunki aksariyat oilalar - yosh oilalar, bunda ayollar farzandi ikki yoshga to‘lgach ishlashga majbur, u oilaga daromad keltirishi kerak", - deydi Vorisova.

Partiya vakili so‘zlariga ko‘ra, bu rejani amalga oshirish uchun davlat MTMlarida maxsus tarbiya guruhlarini ochish kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0