O‘zbekistonda dekret puli to‘lashning yangi tartibi ishga tushiriladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa vaqtida to‘lanadi, deya xabar qildi Moliya vazirligi. Yangi mexanizm aprel oyidan ishga tushiriladi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa(dekret puli) to‘lash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar ro‘yxati qisqartirildi, axborot texnologiyalari joriy etildi. Yangi mexanizm 2018-yil 1-apreldan to‘laqonli ishlay boshlaydi, deya xabar beriladi Moliya vazirligi matbuot-xizmati.

Situatsiya posle viborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga ayollar bilan ishlaydigan yangi qo‘mita kerak - Sayyora Xodjayeva
Yangi qoidalarga binoan, nafaqalar to‘lovchi budjet tashkilotlari bo‘sh (xarajatlar smetasi bo‘yicha tejab qolingan) pul mablag‘lari mavjud bo‘lganda, budjet mablag‘larining bosh tasarruf etuvchilari va moliya organlari bilan kelishuvsiz nafaqalarni mustaqil ravishda to‘lashga haqli. Bunda mas’ul shaxs "O‘zASBO" dasturiy kompleksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi kerak bo‘ladi.

Tashkilotda nafaqani bir yo‘la to‘lash uchun mablag‘ bo‘lmasa, endi qo‘shimcha mablag‘lar "O‘zASBO" kompleksi orqali avtomatlashtirilgan rejimda talab etiladi.

Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik haqidagi hujjat nafaqa to‘lash uchun asos hisoblanadi. Yashash joyidan ma’lumotnomani, nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma, mehnat daftarchasi va pasport nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0