Kartoshka, piyoz, sabzi, guruchning zaxira hajmlari tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. “2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Meshki s kartofelem. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kartoshka ekadigan korxonalarga kredit ajratishga doir qaror imzolandi

Qaror bilan 2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni zaxiraga g‘amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvarga qadar zaxiraga qo‘yilgan mahsulotni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish va savdo shoxobchalarini joylashtirish jadvallari ishlab chiqiladi.

Bunda, mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlari bo‘yicha bir tekis taqsimlanadi.

Budjet tashkilotlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilishga cheklangan narxlar o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0