TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan 2019-yil uchun “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urug‘lik kartoshka hajmlari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.
Qaror bilan:
- “Agrobank” ATBga 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan qishloq xo‘jaligi korxonalariga yillik 10 % stavkada kreditlar ajratish tavsiya etildi;
- qarorda belgilangan maqsadda fermer xo‘jaliklariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilandi;
- “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tadbirlarga jalb etilgan xo‘jalik subyektlariga imtiyozli (50%) tariflarda temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatish chorasini ko‘rish topshirildi.