Turkiya Rossiya “Triumflari” radarlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi – OAV

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishZenitno-raketniy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400 noyabr oyida muddatidan ilgari yetkazib berildi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Turkiya S-400 zenit-raketa majmualarining radiolokatsion tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda RIA Novosti Milliyet gazetasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sinovning maqsadi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va samolyotlar o‘rtasidagi aloqani tekshirishdan iborat. F-16 qiruvchisi va boshqa samolyotlar havoga ko‘tariladi. 

Dostavka komponentov ZRS S-400 v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
"Yo‘q qil yoki qaytar": AQSh Turkiyani Rossiya S-400 laridan "qutulishga" chaqirmoqda

O‘quv parvozlari 25-26 noyabr Anqara yaqinida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va AQSh munosabatlarida inqirozni keltirib chiqargan Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi S-400ning yetkazib berilishi iyul oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, C-400 2020-yilning aprelida to‘liq ishga tushiriladi. Vashington muntazam ushbu bitimdan voz kechishga, o‘rniga Amerikaning Patriot majmualarini xarid qilishga chaqirmoqda, aks holda Turkiyaga qiruvchilarning eng so‘nggi avlodi F-35 sotuvini to‘xtatib qo‘yish yoki umuman bekor qilish va hatto sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Anqara bunga rozi emasligi ochiq-oydin aytgan va sabablarini ma’lum qilgan.

Pushkov: Ar-Riyodning S-400 sotib olishi AQSh uchun “yoqimsiz yangilik”

S-400 "Triumf" - zamonaviy uzoq masofaga mo‘ljallangan havo mudofaasi tizimi hisoblanadi. U havo kemalari, qanotli va ballistik raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, yerdagi nishonlarni yakson qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

Majmuaning zarba berish masofasi 400 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, 30 km balandlikdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Turkiya Moskva “Triumf” yetkazib bergan (Belarus va Xitoydan keyin) uchinchi davlat bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0