"Koreyaga yuboraman" deb aldadi: xususiy agentlik litsenziyasi to‘xtatildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasini to‘xtatdi.

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJga 2019-yil 14-fevralda berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi litsenziya to‘xtatganligini ma’lum qiladi.

List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

Aniqlanishicha, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ mansabdor shaxslari xorijda ishga joylashish istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreya Respublikasida malaka talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga yuborish, ularga 2 ming AQSh dollari miqdorida oylik ish haqi berilishiga ishontirib, firibgarlik yo‘li bilan ularning har biridan 3 mln. so‘mdan jami 633 mln. so‘m olib, pul mablag‘larini o‘zlashtirgan va belgilangan muddatda fuqarolarni ishga yubormagan.

Shunga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0