O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MChJga berilgan litsenziya to‘xtatildi. Vazirlik agentlikdan jabr ko‘rganlarni IIBBga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. “Korean and migrations xususiy bandlik agentligi” MChJga berilgan litsenziya to‘xtatildi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida qayd etilishicha, agentlik fuqarolarni Koreyaga ishga joylashtirish yuzasidan ular bilan shartnoma imzolagan. Biroq vazirlikka agentlik fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagani to‘g‘risida ko‘plab norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan.

Vazirlik O‘zbekiston fuqarolarining Koreyadagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tgan.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
“Human” agentligi direktori firibgarlikda gumonlanmoqda

Unga ko‘ra, E9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.

Ta’kidlanishicha, mazkur xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rganlar IIBBga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanayotgan “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini to‘xtatgani xabar qilingan edi. Agentlik direktori Sh.F.ga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik fuqarolarni 1,67 milliard so‘mga chuv tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0