TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.
Hujjatga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.
Nizom O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) aniqlash va berish tartibini belgilaydi.
JShShIR O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, mashinada hisoblanadigan hujjatlar uchun ISAO xalqaro standarti talablariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportlarida, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalarida hamda va boshqa hujjatlarda foydalanish uchun zarurdir”, - deyilgan hujjatda.
Qaror loyihasida yozilishicha, JShShIR quyidagi hollarda beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga biometrik pasport berilganda;
chet elga chiqish munosabati bilan 16 yoshga to‘lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirilganda;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi berilganda.
Hujjat 6-dekabrgacha muhokama qilinadi.