TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi Mo‘minjon Tojiyev nima sababdan 28-yil SSSR pasporti bilan yashaganini tushuntirdi.
Adliya vazirligi xabar qilishicha, Buvayda tuman adliya bo‘limining mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabullar jadvaliga asosan sayyor qabul tashkil etildi. Unda 1955-yil 16-martda tug‘ilgan Mo‘minjon Tojiyevga o‘ziga tegishli bo‘lgan sobiq SSSR fuqarolik pasportini yangi pasportga almashtirilmaganligi va natijada pensiyaga chiqaolmayotganligi masalasida murojaat qildi.
Mo‘minjon Tojiyev o‘z tushuntirishida yozishicha, 1992-yilda jazoni o‘tash muassasidan jazoni o‘tab kelganidan so‘ng pasportni almashtirish uchun pasport bo‘limiga murojaat etgan, biroq to‘lov qilish imkoni yo‘qligi sababli qolib ketgan, keyingi yillarda esa marhum onasi chetga chiqib ketmasligini oldini olish uchun pasportini yashirib qo‘ygan, arizachi 2015-yilda onasi vafot etganidan so‘ng pasportini topib olgan va uni almashtirish uchun yana pasport stolga murojaat etganligini, biroq to‘lov qilish imkoni yo‘qligi sababli hozirga qadar pasportni almashtirish imkoni bo‘lmagan.
Fuqaroga amaliy yordam berish maqsadida tuman IIB bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar to‘plandi. 14-noyabr kuni otaxon pasport bo‘limiga olib kelinib, rasmga tushirildi hamda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlandi.