O‘zbekistondagi eng ilg‘or davlat organi aniqlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashabbus startap, ta’lim, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni masshtablash va biznesni o‘stirish, turizm, marketing, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi "Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

V Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan 30-sentabrya t.g. provedeni peregovori s delegatsiyey Saudovskoy Aravii. - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni O‘zbekistondagi energetika loyihalariga investitsiya kiritmoqchi

Vazirlik Global tadbirkorlik haftaligi ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan.

Tashabbus startap, ta’lim, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni masshtablash va biznesni o‘stirish, turizm, marketing, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oldi.

So‘rov 4 nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilgan: 1) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan eng ilg‘or davlat organi; 2) Tadbirkorlar uchun eng qulay moliyaviy yechim; 3) Tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga yordam ko‘rsatgan eng faol platforma; 4) Tadbirkorlarni tayyorlash bo‘yicha eng yetakchi ta’lim muassasasi; 5) Eng yorqin va istiqbolli startap.

Global tadbirkorlik haftaligi 12-yildan beri jahonning 160 mamlakatida har yili o‘tkazib kelinadi. Uning vazifasi tadbirkorlik ekotizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0